Autor/Autorin: Madaminova Mahfuza
Leyhimahfuz (Madaminova Mahfuza Muzaffar qizi) – Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi Durvadik mahallasida 2005-yil 5-aprelda oddiy dehqon oilasida tug´ilgan. Hozirda, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti filologiya va san´at fakulteti 3-bosqich talabasi bo´libgina qolmay, universitet "Mushoira” klubi koordinatori.
Ushbu to`plamdan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida tashkil qilingan "Mushoira” klubi koordinatori va a´zolari tomonidan tashkil etilgan to`plamda Vatan madhi, tinchlik, yoshlik, go`zallik kabi bir qancha mavzularni madh etuvchi bir qator she´rlari o`rin olgan. Ijodkor yoshlar o`z badiiyat namunalarida zangor fasldagi ko`ngil kechinmalarini sohir so`zlar orqali yorqin bo`yoqlarda musavvirona aks ettirganlar. Bu ijod namunalari mushtarak dillarning umuminsoniy tilaklariga yo`g`rilgan. Mazkur to`plamdan o`rin olgan she´rlar o`z jozibasi va tarovati bilan millionlab qalblarga kirib boradi. Bir so`z bilan aytadigan bo`lsak, kitob qaynoq qalblar haraoratini o`zida mujassamlashtirganligi bilan diqqatga sazovor. Biz "Mushoira” klubi a´zolari bo`lgan yosh iste´dodli talabalarimizga ijodiy parvoz tilaymiz!